TURKISTON DAVRIY MATBUOTIDA MAHALLIY XALQLARINING IJTIMOIY-SIYOSIY VA IQTISODIY AHVOLINING YORITILISHI (XIX ASRNING OXIRI-XX ASR BOSHLARIDA)
PDF

Як цитувати

Rajabov , M. (2021). TURKISTON DAVRIY MATBUOTIDA MAHALLIY XALQLARINING IJTIMOIY-SIYOSIY VA IQTISODIY AHVOLINING YORITILISHI (XIX ASRNING OXIRI-XX ASR BOSHLARIDA). Збірник наукових праць ΛΌГOΣ. https://doi.org/10.36074/logos-10.12.2021.v3.34

Анотація

Jadid davriy matbuoti XX asr boshidagi Turkistonning ijtimoiy - ma’naviy hayotidagi yangilanishning o‘ziga xos bir ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ldi va millatning uyg‘onishida muhim rol o‘ynadi. Jadidlar matbuot vosita sida xalqni qardosh, tildosh, millatdosh, dindosh turk olamiga olib chiqdi. Ular bilan o‘z taqdirini bir ko‘rdi, o‘tmishning achchiq tajribalaridan saboq chiqarishga, kelajak uchun bir jon, bir tan bo‘lib, kurashish zaruriyatiga ishonch hosil qildi. “Tarji mon”, “Vaqt”, “Sho‘ro”, “Ong” kabi Kavkaz va Volga bo‘yida chiqib turgan, chor hukumatining mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurashda katta tajribaga ega bo‘lgan gazeta - jurnallar Turkiston jadid matbuotining oyoqqa turib olishida hamkor va hamdast bo‘ldi lar. O‘zbek jadid matbuoti yangi o‘zbek adabiyotining shakllanishi va taraqqiy topishida oltin beshik vazifasini o‘tadi. Behbudiydan Cho‘lpongacha bo‘lgan jadid adabiyotining barcha vakillari fikrlarini ham, qalamlarini ham mana shu ilk gazeta - jurnallarim izda charxladilar. Jadid publisistikasining eng muhim xizmati millatni uyg‘otish va uni mustaqillik uchun tayyorlash edi.
https://doi.org/10.36074/logos-10.12.2021.v3.34
PDF
Creative Commons License

Ця робота ліцензується відповідно до Creative Commons Attribution 4.0 International License.

Завантаження

Дані завантаження ще не доступні.

| Переглядів: 96 | Завантажень: 33 |